Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Darig‘a Nazarboyeva parlamentni tark etadi
11:46 / 2022-02-25

Bugun men parlament deputatligidan voz kechib, butun e’tiborimni ijtimoiy, gumanitar, madaniy va xayriya ishlariga qaratishga qaror qildim.

“Nur Otan” partiyasiga ovoz bergan qozog‘istonliklar, partiyadoshlarimiz va mamlakat rahbariyatidan menga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Fojiali yanvar voqealari tinch osmonsiz, Qozog‘iston xalqining birligisiz mamlakatimiz ravnaqi va yanada rivojlanishi bo‘lmasligini ko‘rsatdi.

Bo‘lib o‘tgan barcha voqealar butun xalqimiz uchun katta fojiadir. Har bir voqeani chuqur va xolisona o‘rganish, natijada aybdorlar adolatli jazolanishi, begunohlar ozodlikka chiqishi zarur, deb hisoblayman.

Barchamiz, qozog‘istonliklar, butun jamiyatimiz “qora yanvar”ning achchiq saboqlarini o‘rganishimiz va bunday holat hech qachon takrorlanmasligi uchun qo‘limizdan kelganini qilishimiz kerak.

Bu dahshat va qo‘rquvga to‘la fojiali kunlar anarxiya nimalarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatdi. Vatanimizning buguni va kelajagi yo‘lida, uning milliy suvereniteti va mustaqilligini asrab-avaylash, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida jamiyatning hamjihatligini namoyon etishimiz zarur. Men vatanim va uning manfaatlariga xizmat qilishda davom etaman.

Buning uchun esa mansab kerak emas, – deydi deputat Darig‘a Nazarboyeva o‘z murojaatida.