Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Darbent mahallasi kooperatsiya asosida asalari boqishga ixtisoslashtirildi
15:20 / 2022-02-01

Davlatimiz rahbarining “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu hujjat ijrosi doirasida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi veterinariya va chorvachilik sohasining mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Qoraqalpog‘istonda bo‘lib turibdi.

Ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘istonda yaqinda ish boshlagan mahalla ishlari bo‘yicha hokim yordamchilari bilan hamkorlikda tumanlardagi mahalla va ovul fuqarolar yig‘inlarini “xonadonbay” o‘rganib, har bir mahalla va ovulni iqlim-sharoitidan kelib chiqib, qoramolchilik, qo‘y-echkichilik, asalarichilik, xonaki parrandachilik hamda intensiv baliqchilikka ixtisoslashtirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.

Ayni paytda Nukus tumanidagi "Darbent" mahallasi ishchi guruh tomonidan kooperatsiya asosida asalari boqishga ixtisoslashtirildi va 40 ta xonadonga asalari oilalari tarqatishga kelishildi.

 

O‘zA