French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daraxtlarga yorituvchi chiroqlarni osgan huquqbuzarga chora ko‘rildi
12:17 / 2023-08-03

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tuman ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan “Do‘stlik” MFY hududida fuqaro A.O. gul do‘koni oldini yoritish maqsadida 2 tup terak daraxtiga har xil turdagi yorituvchi chiroqlarni ilib, daraxtga shikast yetkazgani aniqlangan.

O‘rganishlar natijasidan so‘ng, holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.  

Daraxtlarga yorituvchi chiroqlarni osgan huquqbuzarga BHMning 5 barobari miqdorida jarima qo‘llanildi.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA