English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daraxt o‘tqazishning savobi ulug‘dir
11:22 / 2021-11-06

Buxorodagi Mir Arab oliy madrasasi hovlisi har doimgidan gavjum.

Viloyat hokimi o‘rinbosari Erkin Majidov boshchiligidagi savobtalab ustozlar va ilmi toliblardan biri chuqur kovlagan, yana biri ko‘chat qadagan, yana biri suv quymoqda.

– Prezidentimiz bizga ana shunday muhtasham makonni tuhfa etmoqdalar, – deydi oliy madrasa direktori Haydarxon Yuldashxojayev. – Endi bu maskanni doimo obodu pok tutib, go‘zal saqlash, doimo yashillikka burkantirish bizning vazifamizdir.

[gallery-4564]

Aytish joizki, buxorolik ulamolar davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 2 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan, xayrli ishlarni boshlab yuborgan.  Ular “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida 2 noyabrdan 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha "dolzarb 40 kunlik"da faol qatnashmoqda. Daraxt ekish aksiyasi doirasida viloyatdagi mavjud 106 ta jome’ masjidlari, muqaddas qadamjolar atroflari obodonlashtirilib, 2000 mingga yaqin mevali, manzarali daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazildi.

– Sahobalarning rivoyat qilishlaricha, muborak hadislarimizda daraxt ekish amali savobi nihoyatda ulkan ekanligi bayon etilgan, – deydi viloyat bosh imom xatibi J.Elov. – O‘tqazilgan daraxtning mevasi bir miskinning ochligini qondirgani, soyasi bir yo‘lovchining hojatini chiqargani va hattoki qurigan bargi tushib bir qumursqani oziqlantirganligi uchun ham daraxt ekuvchiga cheksiz ajrlar yozilar ekan.  Shu bois mazkur aksiyamiz nafaqat shaharu qishloqlarimiz obodonchiligi, balki  ikki dunyo saodatiga erishish yo‘lidagi nomai a’molimizga ham ulkan savob bo‘lib yozilguvchidir.

Zarif Komilov,

Tohir Istatov (surat), O‘zA