French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daraxt masalasida hokim va prokuror ishdan ketdi
10:02 / 2022-08-09

8 avgust kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov boshchiligida selektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Toshkent shahrida ro‘y bergan va aholining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan daraxtlarning nobud qilinishi masalasi qattiq tanqid ostiga olingan.

«Prezident topshirig‘iga asosan Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi Sh.Mavlonov va prokurori I.Bozorov lavozimidan ozod etildi», deyiladi xabarda.

Shuningdek, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga va prokurori Ulug‘bek Qosimovga qattiq hayfsan berilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Toshkentning «Chilonzor» ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida 7 dona eman daraxtining tomir qismiga shikast yetkazilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

O‘zA