Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daraxt ko‘chatlari ekilib, bo‘sh yerlar obodonlashtirildi
16:26 / 2025-11-04

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida “Yashil makon” umumxalq dasturi doirasida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir tumanning “G‘alaba” mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylar oldidagi bo‘sh  yerda tashkil etildi.

Seminarda tuman hokimi Botirjon Mirzaqulov, uning o‘rinbosarlari, tuman prokurori, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbarlari, mudofaa bo‘limi xodimlari, iqtisodiyot, qurilish, ijtimoiy va qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga oid tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda nuroniy oqsoqollar ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari amaliy ko‘chat ekish ishlarida faol ishtirok etishdi. Bu jarayonda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish va tuman hududida yashil maydonlarni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Seminar davomida manzarali va soya beradigan daraxt ko‘chatlari ekilib, bo‘sh yerlar obodonlashtirildi. Bu ishlar mahallaning tashqi qiyofasini yanada go‘zallashtirish, aholining dam olish hududlarini yaratishga xizmat qilishi shubhasiz.

Tuman rahbariyati, mutasaddi tashkilotlar va mahalliy fuqarolar yelkama-yelka bo‘lib, obod va yashil hudud yaratishda faollik ko‘rsatishdi. Ular “Yashil makon” tashabbusi orqali tabiatga e’tibor va muhitga mehr ko‘rsatish har bir fuqaroning ezgu burchi ekanini ta’kidlashdi.

“Yashil makon — yashil kelajak! Yashil makon — har bir yurtdoshning ezgu amali!” shiori ostida o‘tgan tadbir ekologik barqarorlik va jamoaviy hamkorlik g‘oyasining afzalligini yana bir bor amalda isbotladi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari