Daraxt ekish aksiyasi uyushqoqlikda tashkil etildi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumi qizg‘in pallaga kirdi.
Bugun M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Termiz tumanidagi hududida daraxt ekish aksiyasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, volontyor yoshlar, talabalar ishtirok etdi.
[gallery-14261]
“Tabiat uchun birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan aksiya doirasida bugunning o‘zida hududga 500 dan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chati ekildi.
Viloyat bo‘ylab kuzgi mavsum daraxt ekish ishlari davom etmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA