Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daniyar Akishev: “Omonatchilar biz bergan kreditlarni qaytarishmadi”
16:08 / 2019-01-31

Qozogʻiston Milliy banki raisi Daniyar Akishev Prezident ishtirokida Ostonada boʻlib oʻtgan hukumatning kengaytirilgan yigʻilishida kreditlarning qaytarilmaslik darajasi yuqori ekanligini taʼkidladi.


Qozogʻiston Milliy banki raisi Daniyar Akishev Prezident ishtirokida Ostonada boʻlib oʻtgan hukumatning kengaytirilgan yigʻilishida kreditlarning qaytarilmaslik darajasi yuqori ekanligini taʼkidladi.

“Soʻngi 10 yilda banklarning kreditlari 5,5 trillion tengega oshdi. Bu 70 foiz oʻsish demakdir. Shu davr mobaynida yettita bankning kasodga uchrashi va ikkita bankning qayta tiklanishi hisobiga salkam 5 trillion tenge hisobdan chiqarildi. Yaʼni omonatchilar biz bergan kreditlarni qaytarishmadi. Banklar tomonidan talablarni oʻzgartirish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, kreditlar asta sekin xizmat qilmaydigan, muammoga aylandi”, deydi Akishev.

Akishev bayonot berib, kreditlarni qaytarmagan koʻplab korxonalar faoliyatini davom ettirayotgani va yana arzon kreditlar berilishini talab qilayotganini maʼlum qildi. Nazarboyev barcha imkoniyatlar ishga solingan holda kreditlar qaytarilishi kerakligini taʼkidladi va kreditlarni qaytarmagan tadbirkorlar jinoiy javobgarlikka tortilishini aytdi.

“Bizning oʻzimiz yomon rahbarlik qildik va yomon kuzatib bordik. Biz bu ishni nazorat qila olmadik. Duch kelgan odamga kredit berdik”, dedi Prezident Nursulton Nazarboyev.

“Har bir aksiyador oʻz bankiga bormoqda va oʻgʻirlik qilmoqda, keyin biz uning ortidan quvayapmiz. Biz qayerda edik? Bu yomon ish”, deya bayonot berdi Nazarboyev.

Nursulton Nazarboyev bank aksiyadorlarining “oʻgʻirligi” borasida birinchi bor gapirayotgani yoʻq. Oʻtgan yilning fevralida boʻlib oʻtgan hukumat majlisida u banklardagi oʻgʻirliklar haqida bayonot berdi, aprel oyida esa uchta tijorat bankidagi ahvolni dahshatli deya atadi, keyinchalik bu banklarning litsenziyasi olib qoʻyildi.