Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daniyada harorat 81 yillik rekordni yangiladi
15:10 / 2022-07-21

Daniyada eng yuqori harorat 1941 yilda kuzatilgan edi. O‘shanda havo harorati 35,3 darajaga chiqqan, deb ma’lum qilmoqda The Local Denmark portali Daniya meteorologiya instituti bergan ma’lumotiga tayanib.

“Kuni kecha esa Yutlandiya g‘arbidagi Borris shahrida 35,6 darajali issiq qayd etildi", – deyiladi portalda e’lon qilingan xabarda.   

Bu yil anomal issiqlik faqat Daniyada emas, balki Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida kuzatilmoqda. Jahon meteorologiya tashkiloti (VMO) vakili  Robert Stefanskining bayonot berishicha, Yevropa mamlakatlarida havoning anomal darajada isib ketishi kelasi haftaning o‘rtasigacha davom etadi.