Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daniya muqaddas kitob yoqilishining oldini olish yo‘llarini izlamoqda
15:59 / 2023-07-31

Daniyada kuzatilayotgan muqaddas kitob yoqib yuborilishi holatlari mamlakatning xorijdagi obro‘siga putur yekazmoqda, vaziyatga aralashish kerak, deya bayonot berdi tashqi ishlar vaziri Lars Lekke Rasmussen.

“Politiken” nashri xabarida aytilishicha, hukumat bunday hatti-harakatlarning oldini olish uchun qonuniy vosita axtarmoqda. TIV bayonotida shunday deyilgan: –  So‘z erkinligi Daniyada jamiyatning eng muhim qadriyatlaridan biridir. Biz bugun shunday vaziyatga duch keldikki, Qur’onni yoqish bilan bog‘liq harakatlar shu qadar keng ko‘lam kasb etdiki, dunyoning turli qit’alarida Daniyaga boshqa davlatlarning madaniyati, dini va urf-odatini haqoratlash, kamsitishni targ‘ib qiluvchi mamlakat sifatida qaralmoqda.  

Sodir etilayotgan voqealar Daniya xavfsizligiga, biz bilan hamfikr mamlakatlar manfaatiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Daniya hukumati ayrim shaxslar tomonidan amalga oshirilgan chuqur haqoratli va ehtiyotsiz harakatlardan ancha uzoq turdi. Bu harakatlar ekstremistlar uchun imkoniyat yaratadi. Dunyoning 15 davlati hukumati Kopengagenda sodir etilgan mudhish hodisalarni qoralab bayonot berdi.  

Bugun Daniya va Shvetsiyada muqaddas kitob yoqilishi bilan bog‘liq voqealar Islom hamkorlik tashkiloti yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.