Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daniya harbiy razvedkasi boshlig‘i xoinlikda ayblanyapti
08:33 / 2022-01-11

Daniya sudi qirollik harbiy razvedkasi rahbari Lars Findsenni hibsga olish bo‘yicha qaror chiqardi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur idora shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda, shuningdek maxfiy axborotni oshkor qilgan, deb hisoblanmoqda. Bu haqda «TV2» telekompaniyasi xabar tarqatgan.

Axborotda, jumladan, shunday deyilgan: Mudofaa vazirligi razvedka xizmati boshlig‘i Lars Findsen 9 dekabrdan maxfiy sharoitda hibsda saqlanmoqda. U sir berish va o‘ta maxfiy axborotni oshkor qilishda ayblanyapti. Bu Daniya xavfsizligiga ziyon keltiradi, mamlakatning qudratli davlatlar bilan munosabatiga putur yetkazadi.

Qayd etilishicha, 2020 yil avgustda bo‘lib o‘tgan tekshirish natijasida egallab turgan lavozimidan vaqtincha ozod qilingan Findsenni qamoqda saqlash to‘g‘risidagi qaror dekabrda chiqarilgan edi. Faqat o‘sha payt jinoyat ishtirokchilarining ism-sharifi ovoza qilinmagan, kim qo‘lga olingani ham ochiqlanmagan. Endi sud razvedka xizmati rahbarining nomi aytdi.

Findsen va yana bir necha yuqori lavozimdagi shaxslar ustidan tekshiruv tegishli manbalardan olingan ayrim axborotlar asosida boshlangan. O‘shanda harbiy razvedka faoliyati davomida, jumladan, muntazam ravishda mamlakatning fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni olish va tarqatish bilan bog‘liq qonunlarini buzib kelgani aniqlangan. Mazkur idoraga maxfiy axborotni oshkor qilish, mudofaa vazirligi ichida yuzaga chiqqan xoinlik alomatlarini aniqlash choralarini ko‘rmaslik, ehtimoliy noqonuniy faoliyatni yashirish, shuningdek juda ko‘p miqdorda Daniya fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatish kabi ayblar qo‘yilgan.