Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daniya Grenlandiya suvereniteti AQSHga topshirilishining har qanday shaklini rad etadi
10:50 / 2026-01-22

Kecha Daniya Grenlandiya ustidan suverenitetni AQSHga o‘tkazish bo‘yicha har qanday kelishuv yoki muzokara rad etilishini e’lon qildi. TV2 davlat telekanali xabariga ko‘ra, Bosh vazir Lars Lokke Rasmussen Kopengagenda o‘tgan tashqi siyosat qo‘mitasi yig‘ilishi yakuni bo‘yicha mahalliy ommaviy axborot vositalariga shu haqda intervyu bergan. Daniya AQSH Prezidenti Donald Trampning Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi (WYeF)da Grenlandiyaga qarshi harbiy kuch ishlatish inkor etilgan bayonotini olqishladi.

– Harbiy kuch ishlatilmasligi ta’kidlanishi ijobiy holat, – dedi Rasmussen. – Baribir, bu masalani e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

Trampning Davosdagi chiqishi Grenlandiyani qo‘lga kiritish istagi hamon o‘zgarmaganini ko‘rsatdi.

Avvalroq Amerika yetakchisi Vashington Grenlandiyani qo‘lga kiritish bo‘yicha muzokara boshlashi kerakligini aytgan. WYeF yig‘ilishidagi ma’ruzasida esa u strategik ahamiyatga ega Arktika hududini himoya qilish va rivojlantirishga faqat Qo‘shma Shtatlar qodirligiga urg‘u bergan. Shu bilan birga Tramp Daniyaning muxtor hududini qo‘lga kiritish uchun kuch ishlatmasligini ham qo‘shimcha qilgan.

–Ko‘pchilik kuch ishlatiladi – deb o‘ylagan, ammo bu shart emas, – dedi Tramp.

G.Sattorova, O‘zA