Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daniil Eybog Italiyada tarixiy natija qayd etishga yaqin turibdi
09:49 / 2026-02-18

Bugun tunda Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlari mezbonlik qilayotgan XXV qishki Olimpiya o‘yinlarining short-trek bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi 500 metr masofada chorak final bahslari o‘tkaziladi. Unda hamyurtimiz Daniil Eybog 3-guruhda o‘z ishtirokini boshlaydi.

Darvoqe, Olimpiya o‘yinlarida Norvegiya delegatsiyasi umumjamoa hisobida yetakchilikni saqlab turibdi. Norvegiyalik sportchilar ayni damda 14 ta oltin, 8 ta kumush va 9 ta bronza, jami 31 ta medal jamg‘argan. Ularni mezbonlar 9 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza medal bilan ta’qib qilayotgan  bo‘lsa, Amerika Qo‘shma Shtatlari delegatsiyasi 6 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medal bilan kuchli uchlikdan joy olgan.

Shuningdek, Niderlandiya (6-6-1) Germaniya (5-8-7), Avstriya (5-8-4), Fransiya (5-7-4), Shvetsiya (5-5-2), Shveysariya (5-2-3) hamda Yaponiya (4-5-10) delegatsiyalari 4-10 o‘rinlarni band etmoqda.

Ma’lumot uchun, XXV qishki Olimpiya o‘yinlarining bugungi dasturi doirasida kyorling, xokkey, chang‘i, tog‘ chang‘isi, snoubord, bobsley va fristayl sport turlari bo‘yicha bahslar o‘tkaziladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA