Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dang‘aralik tadbirkor ayol qishloqda yuzdan ziyod ish o‘rni yaratdi
10:56 / 2021-09-15

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi “Ayubxon tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan erkaklar va bolalar ko‘ylagi, paypoq hamda trikotaj mahsulotlari ichki va tashqi bozorda xaridorgir. Korxona rahbari Dilshodaxon Usmonova ishning ko‘zini biladigan, yangiliklarga intiluvchan tadbirkorlardan biri.

Tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, barcha sharoitlarni yaratib berilayotgani unga yanada shijoat bag‘ishlamoqda. Chekka hududlarda ish o‘rinlari yaratish maqsadida yangi loyihalarga qo‘l urdi.

Tumandagi Qaqir qishlog‘ida tadbirkorning tashabbusi bilan erkaklar ko‘ylagini ishlab chiqarish korxonasi o‘z faoliyatini boshladi.  Bu yerda 100 nafardan ortiq xotin-qizlar yangi ish o‘rinlariga ega bo‘ldi. Korxonaning ochilishi katta shodiyonaga aylandi. “Ayollar daftari” hamda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 30 nafar farzandlarining sunnat to‘yi o‘tkazilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Qiyali”  mahalla fuqarolar yig‘inida bog‘cha tashkil etish muammosi bir necha yillardan buyon yechimini topmay kelayotgan edi. Dilshodaxon Usmonovaning sa’y-harakatlari bilan davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi bunyod etildi. 120 o‘ringa mo‘ljallangan maskanda bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishi va mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha shart-sharoitlar bor.

Davlat-xususiy sherikchiligi asosida qurilgan mahalla binosi uchun  ham qishloq ahliga munosib tuhfa bo‘ldi. Barcha zarur jihozlari bilan ta’minlangan keng, yorug‘ va shinam xonalar mahallaga tashrif buyurgan har bir fuqaroning kayfiyatini ko‘tarishi bilan birga, murojaat bilan kelgan fuqarolarga qulaylik yaratilgan.

M. Sulaymonov, O‘zA