Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dang Min KXOY: O‘zbekiston va Vetnam ishonchli do‘st sifatida bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi
19:57 / 2022-06-10

Vetnam Sotsialistik Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Dang Min Kxoy mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bilan uchrashdi. Yangi tayinlangan diplomat TIVda kechgan muloqotdan so‘ng mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillariga intervyu berdi:

— Bu yil Vetnam va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanadi. E’tiborlisi, o‘tgan davr mobaynida o‘zaro aloqalarimiz siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va boshqa turli sohalarda jadal rivojlandi.

Muzokara chog‘ida janob vazir bilan ikki tomonlama hamkorlikning ko‘plab jihatlarini muhokama qildik. Barcha yo‘nalishlarda o‘zaro muloqotni yanada mustahkamlab, siyosat sohasida ham ishonchli do‘stlar singari xalqaro maydonda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldik.

Tabiiyki, savdo-iqtisodiy hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratdik. Xususan, O‘zbekiston ishbilarmonlarining Vetnamga sarmoya kiritishi uchun qulay shart-sharoit yaratamiz, neft va gazni qidirish, qazib olish bo‘yicha hamkorlikni tiklaymiz. “Vietnam Airlines”ning O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini ochish niyatidamiz. O‘zbekiston hukumati ham tadbirkorlarimizga qulay shart-sharoit yaratib berishiga ishonamiz.

Davlatimizning tabiati juda go‘zal. Sizlarda esa Samarqand, Buxoro, Xiva kabi go‘zal, qadimiy shaharlar bor. Ya’ni har ikki mamlakatda turizmni birgalikda rivojlantirish uchun salohiyat mavjud. Aminmanki, O‘zbekistonda vetnamlik, Vetnamda o‘zbekistonlik sayyohlar ko‘payadi.

O‘zA muxbiri Ulug‘bek MAHMIRZAEV yozib oldi.