Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dang‘ara tumanida mahalliy xomashyodan maishiy texnika jihozlari ishlab chiqarilmoqda
11:32 / 2016-10-26

Farg‘ona viloyatida joriy yilning o‘tgan davrida Mahalliylashtirish dasturi asosida 22 loyiha amalga oshirilib, 26,5 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

Farg‘ona viloyatida joriy yilning o‘tgan davrida Mahalliylashtirish dasturi asosida 22 loyiha amalga oshirilib, 26,5 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, sanoat korxonalari tomonidan import o‘rnini bosuvchi va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashda Mahalliylashtirish dasturi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2015-yil 11-fevraldagi “2015-2019 yillar uchun tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar tufayli yurtimizda tayyorlanayotgan mahsulotlarning materiali va asosiy butlovchi qismlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib berilmoqda.

Bu ichki tarmoq va tarmoqlararo, kichik biznes subyektlari va yirik sanoat korxonalari o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, mahsulot tannarxini arzonlashtirish va sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida  Mahalliylashtirish dasturi asosida 8,5 million dollar miqdorida valyuta tejalishiga erishildi.

Mazkur dastur doirasida korxonalar texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilinib, zamonaviy jihozlangan yangi ishlab chiqarish obyektlari tashkil etilmoqda.

Dang‘ara tumanidagi “Dangara mega cattle” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika vositalarining sifati xorijnikidan aslo qolishmaydi. Korxonada mahalliy xomashyodan elektr choynaklari, plitalar, o‘nlab dazmol turlari ishlab chiqarilmoqda.

– Mahsulotlarimizga ichki bozorda talab katta, – deydi korxona rahbari R.Tursunov. – Bundan ikki yil oldin faqat bir turdagi mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsak, bugungi kunda uning turi bir necha barobarga oshdi. Ayniqsa, Mahalliylashtirish dasturi asosida ko‘plab imtiyozlar berilayotgani yangi loyihalar ustida ishlashga undamoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida korxonamizda 600 million so‘mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi. Ayni paytda mahsulotlarimizni eksport qilish bo‘yicha ish olib borilmoqda.