Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Damashqdagi cherkovda xudkush-terrorchi o‘zini portlatdi
18:07 / 2025-06-23

Kecha Suriya poytaxtidagi yunon pravoslav cherkoviga uyushtirilgan terror hujumi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 52 kishi yaralandi.

Hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan bo‘lsada, Suriya Ichki ishlar vazirligi “SNN” telekanaliga buni “ISHID terrorchilik tashkilotiga aloqador xudkush-terrorchi” amalga oshirganini ma’lum qildi.

Vazirlik bayonotida aytilishicha, u avvaliga Damashqdagi Mar Elias cherkovi jamoatiga qarata o‘t ochgan va keyin o‘zini portlatgan.

Suriyaning “SANA” davlat axborot agentligiga ko‘ra, terakt diniy ibodat vaqtida amalga oshirilgan.

“Oq dubulg‘alilar” nomi bilan mashhur bo‘lgan Suriya fuqarolik mudofaasi favqulodda vaziyatlar guruhlari jasadlarni yig‘ish va hududni himoya qilish ustida ishlayotganini aytdi.

Turkiya, Iordaniya, Iroq, Isroil, Gretsiya, Kipr, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Saudiya Arabistoni, Falastin ma’muriyati, Yaman, O‘mon, Bahrayn, Ukraina, Avstriya, Belgiya, Chexiya va Niderlandiya tashqi ishlar vazirliklari bu qabih harakatni qoralab, bayonot berdi.

Musulmon Ziyo, O‘zA