Damashqda minalashtirilgan avtomobil portlatildi
Damashqning g‘arbiy qismida Mezze tumanida minalashtirilgan avtomobil portlatildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Suriya poytaxti politsiyasi manbalariga tayanib.
“Portlovchi qurilma Mezze tumanida to‘xtab turgan avtomobilda ishga tushirilgan. Jabrlanganlar yoki qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q”, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, voqea joyida yong‘in o‘chiruvchi hamda tez yordam mashinalari ishlamoqda.
Ta’kidlanishicha, portlash Mezzedagi harbiy aerodrom yaqinida yuz bergani haqidagi xabar haqiqatdan yiroq.