Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Damas” va “Labo” avtomashinalari ishlab chiqarish hajmi 1,5 baravarga oshiriladi (90 mingtadan 150 mingtaga)
13:29 / 2023-03-31

Urganch shahrida Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. 

Viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov hududni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash borasidagi taklif va rejalari haqida hisobot berdi. 
J. Rahimov viloyatda sanoatni rivojlantirishga oid rejalarini ma’lum qildi. Prezident bu borada mutasaddilarga qator topshiriqlarni berdi. 

Joriy yil yakuniga qadar mas’ullarga 14 ta yirik sanoat loyihasi infratuzilmasi uchun qo‘shimcha 100 milliard so‘m yo‘naltirish, Urganch shahri va Urganch tumanida elektrotexnika va farmatsevtika sanoat parklari tashkil qilish, 20 million dollar investitsiya kiritib, “Damas” va “Labo” avtomashinalari ishlab chiqarish hajmini 1,5 baravar oshirish (90 mingtadan 150 mingtaga) vazifasi topshirildi. 

Bu orqali kamida 300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. 

Bundan tashqari, Yangiariqda kamida 250 ta loyihani amalga oshirib, tumanni 5-toifadan 3-toifaga o‘tkazish majburiyati yuklatildi. 
Buning uchun, kichik sanoat loyihasini amalga oshirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga 100 million so‘mgacha garovsiz kredit olishga ruxsat beriladi (hozir – 33 million so‘m). 


O‘zA