Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Damas» avtomobilida giyohvand modda borligi aniqlandi
09:59 / 2022-08-14

Qibray tumanida xizmat olib borayotgan Yo‘l patrul xizmati inspektorlari «Damas» avtomobilini tekshirish uchun to‘xtatgan.

Haydovchining xatti-harakati shubhali bo‘lgani bois uning hujjatlari va mashina saloni sinchiklab ko‘zdan kechirildi.

Avtomobil haydovchisi S.S.ning yonida 26,13 gr. marixuana (ekspertiza xulosasiga ko‘ra) giyohvandlik moddasi borligi aniqlanadi.

Holat yuzasidan fuqaro S.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuhrat Ne’matov, O‘zA