French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dam olish maskani yana bittaga ko‘paydi
17:21 / 2022-08-05

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Jannatbuloq mahallasida yangi dam olish maskani foydalanishga topshirildi.

Rossiyalik investor Yefim Shoyxet va tadbirkor Nusratjon Isroilov hamkorligida “Bibi seshanba” ziyoratgohi yonida barpo etilgan "Jannatbuloq" dam olish maskanida bir vaqtning o‘zida 500 nafar kishi dam olib, ko‘ngilli hordiq chiqarishi mumkin.

– Keyingi yillarda mamlakatimizda turizm, ayniqsa, ziyorat turizmini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi tadbirkor N.Isroilov. – Tashlandiq holda turgan hududda rossiyalik hamkorlarimiz bilan mana shunday go‘zal maskan barpo etdik.

[gallery-8176]

Ishonamanki, ushbu maskan ziyoratchilar dam olib, ko‘ngilli hordiq chiqaradigan eng gavjum maskanlardan biriga aylanadi. 

Zamonaviy, o‘ziga xos landshaft asosida qurilgan, bahavo, go‘zal tabiatli ushbu maskanda dam oluvchi va ziyoratchilar uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan.  

Umumiy maydoni qariyb ikki gektarni tashkil etadigan mazkur maskan bosqichma-bosqich kengayib boradi. Kelgusida bu yerda basseyn, sport maydonchalari, shuningdek, qator xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qurilishi rejalashtirilgan.

Eng asosiysi, dam olish maskanining ishga tushishi bilan 30 kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. 

F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA