Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Daladagi mol o‘g‘rilarning “o‘ljasi”ga aylandi
13:37 / 2021-02-10

Bolaga yoshlikdanoq harom bilan halolning farqini tushuntirish birinchi navbatda ota-onaning vazifasi. To‘g‘ri tarbiya asosida ulg‘aygan farzandlar jinoyatga qo‘l urmaydi. Eng muhimi, birovning moli va hayoti uchun o‘ylab qadam tashlaydi. Ammo, e’tibordan chetda qolgan, qayerda, kim bilan yurganini surishtirilmaydigan bolalarni “ko‘cha tarbiyalaydi”.

Toshkent viloyati Bekobod tumanida qora mol o‘g‘riligi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etgan shaxslar ham og‘irni ustidan, yengilni ostidan yurishni o‘zlariga kasb qilib olgan yosh, bilagi kuchga to‘lgan yigitlar bo‘lib chiqdi. Ularni Bekobod tuman IIB YHXB xodimlari Erkin Saidqulov va Xotambek Boboyev tezkor qidiruv tadbirlari davomida aniqladi.  

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 4 fevral kuni soat taxminan 13:30 larda Bekobod shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan A.I. tengdoshi A.Sh. bilan o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida o‘zaro jinoiy til biriktirdi. Hududda yashovchi fuqaro M.O. ga tegishli, dalaga bog‘lab qo‘yilgan, umumiy narxi 8 million so‘m bo‘lgan bir bosh sigirni o‘g‘rilab, uni sotish maqsadida tanishlari X.X.ni chaqirib, unga tegishli bo‘lgan avtomobilga yuklab olib ketadi.  

Mol boqib yurgan odamlar uning taxminiy narxini bir qarashda aniqlashadi. Sotilayotgan qora mol nima uchun arzon ekanini o‘ylab ham ko‘rmagan fuqaro, 1986 yilda tug‘ilgan M.X. esa uni 5 million 300 ming so‘mga sotib oladi.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.