Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dala ishlari qizg‘in pallada
10:15 / 2023-02-25

Qish izg‘irini chekinib, dalalarda bahor nafasi ufurmoqda. Kunlar isishi bilan dala yumushlari qizg‘in pallaga kiradi. Ariq-zovurlarni tozalash deysizmi, yerlarni tekislash yoki dala chetlariga mevali, manzarali daraxt ko‘chatlari ekish deysizmi hamma ishlar jadallik bilan boshlanadi.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.Haitov rahbarligidagi ishchi guruhi  ekin-tekin mavsumida mulkdorlar va tomorqachilarga yaqindan ko‘mak berish maqsadida Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan dala yumushlari bilan tanishdi. Xususan, Qarshi tumanidagi “Baxt” fermer xo‘jaligida bo‘lgan ishchi guruhi tuman fermerlari bilan muloqot qildi. Unda dala chetlariga tut va tok ko‘chatlari ekishni jadallashtirish borasida maslahatlar berildi. Albatta, bunda pillachilikni rivojlantirishda muhim omil bo‘lgan tut ko‘chatlari ekishga alohida e’tibor qaratiladi.  

Muloqot davomida “Baxt” fermer xo‘jaligiga Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi resurslaridan baliqchilik xo‘jaligi, intensiv bog‘, mevalarni saqlashga mo‘ljallangan 100 tonnalik sovitkich, sharbat ishlab chiqarish sex qurilishi uchun 1,5 milliard so‘m kredit mablag‘i ajratilishi ma’lum qilindi.

Taklif etilayotgan qishloq xo‘jalik texnikalari va asbob uskunalari, intensiv bog‘, tokzorlar va issiqxonalar loyihalariga buyurtma berish, taqdim etiladigan zaruriy hujjatlar, moliyalashtirish va monitoringi, qishloq xo‘jaligi korxonalari innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi turdagi mahsulotlar yetishtirishni rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligida yangi texnologiyalarni joriy qilishga ko‘maklashish haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ishchi guruhi  Qarshi tumanidagi bundan ikki yil muqaddam ishga tushirilgan “Ветyerина́рия va chorvachilikni rivojlantirish o‘quv markazi”da ham soha vakillari bilan uchrashdi.

O‘quv-seminarda fermer xo‘jaliklari va aholi xonadonlarida zotli qoramolni ko‘paytirish, parrandachilik, baliqchilik, qo‘ychilik va asalarichilikni rivojlantirish borasidagi yangiliklar  haqida so‘z yuritildi. Qashqadaryo viloyatida chorvachilikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgan markaz faoliyati bugungi kunda yaxshi tashkil etilmayotganligi, malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, voha qishloqlarida markaz tomonidan dehqon xo‘jaliklari va xonadonlarda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikni tashkil etish va rivojlantirish borasida ko‘rgazmali seminarlar tashkil etib, aholini oilaviy tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni joyida bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

 

O‘zA