2024 yil 30 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Qarorning ahamiyatli jihati shundaki dehqonlarimiz peshona teri, mashaqqatli mehnati evaziga yetishtirilgan sarxil nozu-ne’matlarning endilikda tizimli eksporti ham yo‘lga qo‘yilmoqda.
Xususan, har yili 1 fevralga qadar tegishli yil hosili uchun dala chetlarida ekin ekish ishlarini tashkil etish va yetishtiriladigan mahsulotning prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi belgilandi.
Dala chetini o‘zlashtirish va mahsulot yetishtirish uchun zarur bo‘lgan urug‘ va ko‘chatlar, mineral o‘g‘itlar, kimyoviy preparatlar, moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlash, dala chetlaridan foydalanish huquqini belgilash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sotuvini tashkil etish bo‘yicha aniq mexanizmlar tashkil etildi.
Sohadagi yangiliklar, qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mutaxassislarini studiyamizga taklif etdik. (davomi videoda)
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/WnETieNf9hs?si=AhBDlHVIFgBXnbOu" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA