Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Dakar" rallisi ishtirokchisi Milliy avtosport va karting federatsiyasi raisligiga saylandi
16:41 / 2023-03-01

O‘zbekiston Milliy avtomobil klubining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida tashkilot nomini o‘zgartirish, uning rahbariyati tarkibini qayta shakllantirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Yoshlar siyosati va sport vaziri maslahatchisi Avaz Karimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, soha mutaxassislari ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Milliy avtomobil klubi nomi O‘zbekiston Milliy avtosport va karting federatsiyasiga o‘zgartirildi.    

Tashkilotga avtosport olamida katta tajribaga ega poygachi Anvar Ergashev ovoz berish yo‘li bilan rais etib saylandi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, Anvar Ergashev o‘zbekistonlik poygachilar orasida "Dakar" rallisida ishtirok etish litsenziyasiga ega sportchi hisoblanadi. U ralli va avtokross bo‘yicha ko‘p karra mamlakat chempioni, xalqaro musobaqalar g‘olibi, Jahon kubogi bosqichlari ishtirokchisi.    

Tadbirda Aleksey Soy tashkilot bosh kotibi lavozimiga saylandi. Shuningdek, Sergeli tuman hokimi Elbek Shukurov rahbarligida federatsiya kengashi tarkibi shakllantirildi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA