Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dahshatli zilzilaga 3 yil bo‘ldi (+video)
09:13 / 2026-02-06

Bugun 6 fevral 2026 yil. Bu sana Turkiyaliklar xotirasida 3 yil avval chuqur va og‘ir iz qoldirgan. Siz tasvirlarda ko‘rayotgan bu vayronalar urush izlari emas, bu 2023 yil 6 fevral kuni Turkiya va Suriya hududida sodir bo‘lgan 7.8 magnitudali zilzila mamlakat tarixidagi eng dahshatli tabiiy ofatlardan biri bo‘lib, 11 ta viloyatda minglab uylar vayron bo‘lgan edi. Minglab insonlar halok bo‘ldi. Keyingi oylar davomida yuz minglab odamlar vaqtinchalik boshpana – konteyner shaharlarida yashashga majbur bo‘ldi, chunki qayta tiklash dasturlari boshlanishiga qaramay yuzaga kelgan vayronagarchilikni bartaraf etish uzoq jarayonga aylandi.

Ofatning ilk kunlaridanoq O‘zbekiston ham birdamlik va ko‘mak qo‘lini cho‘zdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan, 100 nafardan ortiq qutqaruvchi va 70 tibbiyot xodimi jabrlangan hududlarga yuborildi, qidiruv-qutqaruv operatsiyalarida o‘nlab odamlar omon saqlab qolindi va minglab jabrlanuvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatildi.  

Butun dunyo e’tibori Turkiyaga qaratildi. Qisqa muddatda Turkiya hukumati qayta tiklanishni amalga oshirdi. Jarayonda nafaqat uy-joylar tiklandi, balki infratuzilma va jamoat hayoti ham asta-sekin yaxshilanib bordi. O‘shanda eng ko‘p zarar Qahramanmarash, Xatay va malatya hududlariga to‘g‘ri kelgan edi.  

Ma’lumot uchun bunday og‘ir vaziyatda O‘zbekiston ko‘magining ramzi bo‘lgan yangi turar-joy majmuasi va yordam ko‘rsatgan mutaxassislar faoliyati ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikning timsoliga aylandi. Mamlakatimiz Turkiyaning Hatay viloyatida davlatlararo hamkorlik asosida “O‘zbekiston” turar-joy majmuasini barpo qildi. Bu majmuada hozirda 300 dan ortiq xonadon istiqomat qiladi.  

<iframe width="412" height="732" src="https://www.youtube.com/embed/gRs5auHYkZY" title="Dahshatli zilzilaga 3 yil bo‘ldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Tabiiy ofatdan keyingi uch yillik davrda Turkiya va xalqaro hamjamiyat qayta tiklanish yo‘lida sezilarli yutuqlarga erishgan.

Nozim Mardonov, O‘zA