Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dabdaba kimga zarar, kimga foyda
15:09 / 2025-12-11

To‘ylarimiz – o‘ylarimiz

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida to‘y va tantanalar, marosimlarni tartibli o‘tkazishga qaratilgan targ‘ibotlar davom etmoqda.

Xususan, Yangiyo‘l tumanida oilaviy tantanalar, to‘y va marosimlarni o‘tkazishda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, tadbirlarni tartibli va maromida tashkil etish maqsadida to‘yxona egalari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Unda asosan milliy urf-odatlardagi kamtarlik va oqilona sarf-xarajat madaniyatini keng yoyishga qaratilgan tushuntirishlar berilmoqda. 

Ushbu tashabbus doirasida O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Adolat” SDP, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limlari, shuningdek, imom-xatiblardan iborat guruhlar faollik ko‘rsatmoqda. 

Jumladan, Yuqori Chirchiq tumanining Navbahor mahallasi hududida joylashgan “Shohona” to‘yxonasida isrofgarchiliklarning oldini olish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda to‘y marosimlarda ixchamlikni targ‘ib etish maqsadida “To‘ymisan — to‘y bo‘ldi” shiori ostida namunali, ixcham to‘y marosimi o‘tkazildi. 

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman bo‘limi xodimlari, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. Mas’ullar tomonidan to‘y va marosimlarni milliy qadriyatlar ruhida, ortiqcha dabdabaga berilmasdan o‘tkazishning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. 

A.Musayev, O‘zA.