Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Cyergeli tumanida ilk oilaviy mehmon uyi faoliyati yo‘lga qo‘yildi
19:13 / 2021-01-28

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ishchi guruhining Sergeli tumanida olib borgan o‘rganish va targ‘ibot ishlari natijasida «Qubaytepa» mahalla fuqarolar yig‘inida ilk oilaviy mehmon uyi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Qo‘mita mas’ullari ishtirokida Sergeli tumanida joylashgan «Abbosxonovlar» oilaviy korxonasi tomonidan tashkil etilgan oilaviy mehmon uyining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Mazkur oilaviy mehmon uyi 5 xonadan iborat bo‘lib, 10 o‘ringa mo‘ljallangan. Tadbirda xonadon sohibiga oilaviy mehmon uylari va hostellar yagona reyestridan ko‘chirma taqdim etilib, Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hududlarning sayyohlik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, dam olish va turizm uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, turizm xizmatlari ko‘rsatish sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligi va farovonligini oshirish maqsadida Toshkent shahrida ham oilaviy mehmon uylari faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahrining barcha tumanlari kesimida oilaviy mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.

O‘zA