Cuv navosi bag‘ridagi shodlik
FOTOREPORTAJ
Yoz fasli jazirama issig‘ining o‘ziga xos jozibasi bilan insonni so‘lim va salqin maskanlarga chorlaydi. Jonajon poytaxtimiz markazidagi favvora esa aynan shunday tabiiy go‘zallik va musaffolikka to‘la joylardan biri. Bu yerda bolalar yozgi ta’til paytida hayotbaxsh suv ila cho‘milib, o‘zlarini erkin va baxtli his qilishadi, kattalar esa maroqli dam olib, obod muhitdan zavq oladi.
[gallery-24284]
Suv pardalarining yorug‘likda raqsga tushgandek harakati, bolalarning shodlik tovushlari va atrofga yoyilgan huzur — bularning barchasi inson sog‘ligi va kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday manzaralar har qanday yurakka iliqlik bag‘ishlaydi.
Rustam NAZARMATOV (surat), O‘zA