Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Cun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha Koreya kompaniyasi bilan hamkorlik
12:59 / 2025-04-22

Qishloq xo‘jaligi sohasiga sun’iy intellektning qo‘llanilishi ekin holati ma’lumotlarini tahlil qilish, hosilni bashorat qilish, suv va o‘g‘itlar kabi resurslardan oqilona foydalanishni optimallashtirishga yordam beradi.

Qishloq xo‘jaligida sun’iy intellektdan foydalangan holda resurslarni to‘g‘ri taqsimlash va mahsuldorlikni oshirish uchun dehqonchilik tizimlarini yaratish mumkin.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari  hamda Janubiy Koreyaning “TG Co., Ltd” kompaniyasi vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda agrar tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalari muhokama etildi.  

Muloqot davomida mamlakatimiz sun’iy idrokni tartibga solish standartlarini ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash va zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha yetakchi tashkilotlar va IT kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni faol kengaytirayotgani qayd etildi.

Shuningdek, suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, xususan, amalga oshirilishi kutilayotgan yangi innovatsion loyihaning yakuniy konsepsiyasi muhokama qilindi.  

Loyihaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘yicha ma’lumotlarni raqamlashtirish orqali boshqaruv samaradorligini oshirish, sun’iy intellekt va geoaxborot tizimlariga asoslangan monitoringni joriy etishdan iborat.

Koreya delegatsiyasi tomonidan Toshkent viloyatida iqlim o‘zgarishiga moslashtirilgan raqamli qishloq xo‘jaligi platformasini yaratish bo‘yicha loyihaning dizayni, yo‘l xaritasi hamda amalga oshirish bosqichlari taqdim etildi.  

Shuningdek, loyihani amalga oshirish hududini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Tomonlar loyihani belgilangan rejaga muvofiq amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA