"Criterium" yo‘nalishidagi velopoyga boshlandi
Toshkent viloyatida velosport bo‘yicha "Grand-Prix Chorvoq Criterium" va "Grand-Prix Chorvoq Criterium Ladies" xalqaro turniri boshlandi.
Mazkur xalqaro musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bahslar 50 km. masofada, erkaklar poygasi esa 70 km. masofada o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Bo‘stonliq tumanida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida "Tour of Bostonliq" va "Tour of Bostonliq Ladies" ko‘p kunlik xalqaro turnir yakunlangan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA