Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Covid-19”ga qarshi emlashga bag‘ishlangan muloqot o‘tkazildi
12:50 / 2021-08-03

Jizzaxda “COVID-19”ga qarshi emlash: Afsona va haqiqat” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

“Yuksalish” umummilliy harakati Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan o‘tgan tadbirda, harakat rahbar va faollari, sog‘liqni saqlash boshqarmasi, sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ushbu ochiq muloqotdan avval Yuksalish umumilliy harakati mutaxassislari ko‘magida jamoatchilik bilan ochiq muloqot o‘tkazilgan edi. Aholi vaksinalar haqida qanday ma’lumotga ega? Ularning vaksinaga ehtiyojlari qanday? “COVID-19”ga qarshi emlanish bo‘yicha fuqarolarni xavotirga solayotgan sabablar nima?. Vaksina olishga asosan nimalar to‘sqinlik qilmoqda? Odamlar emlanishlari uchun qanday sharoitlar yaratilishi kerak? kabi savollarga ushbu tadbir davomida javob topishga harakat qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida aholi o‘rtasida “COVID-19”ga qarshi emlashni targ‘ib qilishda yoshlar, jamoatchilik va diniy yetakchilarni jalb qilish borasidagi olib borilayotgan ishlar, olib kelingan vaksinalar bo‘yicha mutaxassis maslahatlari, epidemiologik vaziyat, koronavirusni yuqtirish va muammolar, “COVID-19” profilaktikasi bo‘yicha birlamchi choralar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, bugungi kunda fuqarolarni qiziqtirayotgan “COVID-19”ga qarshi emlash jarayoni bilan bog‘liq savollarga va aholi orasida paydo bo‘layotgan emlanish xavotirilariga ham tadbir davomida mutaxassislar tomonidan dalillarga asoslangan holda aniq javoblar berildi.

[gallery-3273]

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA