Ayrim odamlar COVID-19 bilan kasallanmasligi mumkin, chunki ular avval boshqa koronavirus bilan og‘rigan, yaqin orada virus infeksiyasini boshidan kechirgan yoki mahalliy immunitetga ega, deydi rossiyalik virusolog, tibbiyot fanlari nomzodi Sergey Voznesenskiy “RIA Novosti” muxbiri bilan suhbatda.
Olimning bildirishicha, aksil tanacha - organizmning avval shunga o‘xshash kasallikka duch kelganini ko‘rsatuvchi belgi hisoblanadi. Shu bilan birga ba’zilar xastalikka moyil bo‘lmaydi, masalan, immun tanqisligiga uchramaydi.
"Koronavirusli infeksiyaga qarshi aksil tanachasi bor isnonlar biz o‘ylagandan ham ko‘proq. Binobarin, ular nega shundayligi haqida yakuniy xulosa chiqarish hozircha ilmiy bahs bosqichida turibdi", - dedi Voznesenskiy.
Ta’kidlanishicha, buning birinchi sababi avval boshqa koronavirus keltirib chiqargan kasallik holatini boshdan kechirganlik, ya’ni bir-biri bilan chorrahada kesishgan immunitetlar bilan bog‘liq. Ikkinchi taxmin koronavirusga duch kelgan odam allaqachon qandaydir virusli infeksiyani boshdan kechirgan va shundan keyin uning tanasida interferon darajasi ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin. Agar interferon juda ko‘p bo‘lsa, virusli infeksiyani yuqtirishga moyillik pasayadi.
Uchinchi versiya mahalliy immunitet, ya’ni immun majmuasi mavjudligini ko‘rsatmoqda. Bunday vaziyatda virusning nafas olish yo‘liga kirib olishiga to‘siq paydo bo‘ladi. Ayni holatda qanday mexanizm ishlashini aytish imkoni esa muayyan ilmiy bahslardan so‘ng yuzaga keladi, deya qo‘shimcha qildi ekspert.