Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
COVID-19: Yunusoboddagi gimnastika saroyida ham 750 oʻrinli joy tayyorlanmoqda
08:39 / 2020-07-26

Ayni shu yerning oʻzida tibbiyot xodimlari uchun ham yotoqxona va faoliyati uchun zarur sharoitlar hozirlanmoqda.


Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi gimnastika saroyida ham koronavirusga gumon qilinganlarni tashxis qilish va zaruratga koʻra davolash uchun 750 oʻrinli joy tayyorlanmoqda.

Mazkur maskanda hozir bemorlar uchun oʻrinlar tashkil qilingan, ayni paytda esa davolash-profilaktika ishlari uchun zarur boʻlgan barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Tashkilotchilarning maʼlum qilishlaricha, markazga SIPAP apparatlari va 250 ta kislorod balonlari keltirilgan, boshqa jihoz va uskunalar taʼminoti ham davom etmoqda.

Ayni shu yerning oʻzida tibbiyot xodimlari uchun ham yotoqxona va faoliyati uchun zarur sharoitlar hozirlanmoqda.

Maʼlumot oʻrnida qayd etish joiz, ushbu maskanga hamda Shayxontohur va Sergeli tumanlarida tashkil etilayotgan yangi quvvatlarga 103ga kelib tushgan chaqiruv asosida “Covid-19”ga gumon qilingan bemorlar olib kelinadi. Shifokor koʻrigi hamda belgilangan tahlillardan oʻtkazilganidan soʻng xastalik darajasi va holatiga koʻra, bemorlar shahrimizdagi turli shifoxonalarga yoʻnaltiriladi. Ayrimlari shu yerning oʻzida ham davolanishi mumkin.