Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
COVID-19: Yevropaning ikki mamlakati "qizil" hududga kirdi
20:39 / 2021-07-10

Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish bo‘yicha Yevropa markazi ma’lumotiga ko‘ra, Portugaliya va Ispaniya koronavirus infeksiyasi bo‘yicha "qizil" hududga kirdi.

Ispaniyada koronavirus yoshlar orasida tez tarqalayotgani aytilmoqda.  

Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi ikki kunda 100 ming kishiga 225 ta koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan, bu avvalgi davrga nisbatan 20 barobar ko‘p.  

Yoshlar orasida bu ko‘rsatkich 77 pog‘onaga o‘sib, 100 ming kishiga 717 ta holat to‘g‘ri kelgan.  

Virusning delta shtammi tez tarqalayotgani tufayli Ispaniya hukumati tegishli choralarni ko‘rishni boshlagan.  

Masalan, Kataloniyada seshanba kunidan boshlab tungi klublar yopiladi. Ispaniyalik mutaxassislarning fikricha, so‘nggi ikki hafta ichida mamlakatda infeksiyaning avj olishi tungi klublar bilan bog‘liq.