Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
COVID-19 tufayli dunyoda qancha ish oʻrni qisqarishi maʼlum qilindi
14:49 / 2020-04-28

Hujjatda taʼkidlanishicha, koronavirus jahon iqtisodiyotida retsessiyani keltirib chiqaradi va dunyo miqyosida ishsizlikni kuchaytiradi.


Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan iqtisodiy tanglik shu yil ikkinchi choragining oʻzida 195 million ish oʻrni qisqarishiga sabab boʻlishi mumkin, deyiladi BMT eʼlon qilgan maʼruzada.

Hujjatda taʼkidlanishicha, koronavirus jahon iqtisodiyotida retsessiyani keltirib chiqaradi va dunyo miqyosida ishsizlikni kuchaytiradi.

“2020-yil faqat ikkinchi chorakning oʻzida 195 million kishi oʻz ish oʻrnidan ayriladi“, – deyiladi maʼruzada.

Maʼruza mualliflarining xulosa qilishlaricha, pandemiya bandlik va insonlarning hayot farovonligiga kuchli salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Pandemiyadan kichik va oʻrta biznes sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar, qishloq xoʻjaligi xodimlari, yakka tartibda ishlayotgan, yollanib mehnat qilayotgan shaxslar, qochqinlar va migrantlar eng koʻp zarar koʻradi. Shuningdek, inqiroz xizmatlar tarmogʻi, madaniyat va sayyohlik tarmoqlaridagi ish oʻrinlariga ham salbiy taʼsirini koʻrsatadi.