Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
COVID-19 sharoitida Yaponiyaning eksport koʻrsatkichlari keskin tushib ketdi
07:53 / 2020-07-23

Koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq yuzaga kelgan murakkab sharoit Yaponiyaning tashqi savdo koʻrsatkichlariga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq yuzaga kelgan murakkab sharoit Yaponiyaning tashqi savdo koʻrsatkichlariga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Masalan, Kunchiqar mamlakatining birgina Rossiyaga eksporti iyun oyida 2019-yilning shu davri bilan taqqoslaganda 40,6 foizga pasaygan. Kuni kecha Yaponiya moliya vazirligining tarqatgan statistik maʼlumotlarida shunday deyiladi.

Jumladan, Yaponiyaning Rossiyaga avtomobil mahsulotlari eksporti 59,9 foizga tushgan, ehtiyot qismlar yetkazib berish koʻrsatkichi esa 42,4 foizga qisqargan. Oʻz navbatida, Rossiyadan Yaponiyaga import qilinayotgan neft 88,6 foizga, neft mahsulotlari 98,6 foizga, temir va poʻlat 40,7 foizga, oziq-ovqat, jumladan baliq mahsulotlari 13,9 foizga kamaygan.

Yaponiya moliya vazirligining taʼkidlashicha, Yaponiyaning dunyo bozoriga eksporti iyun oyida keyingi 10 yil ichidagi eng keskin pasayishni boshdan kechirdi. Jami eksport koʻrsatkichlarida pasayish 26,2 foizni, importda esa 14,4 foizni tashkil etdi. Mamlakatning iyun oyidagi savdo defitsiti 268,8 milliard iyenani (taxminan 2,5 milliard dollar) koʻrsatmoqda.