Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Covid-19 qarshi emlashga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
16:05 / 2021-08-05

Andijonda “COVID-19ga qarshi emlash: Afsona va haqiqat” mavzusida mutasaddi tashkilotlarning keng jamoatchilik vakillari bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 28 iyul kuni mamlakatimizdagi epedemologik vaziyat, COVID-19ga qarshi emlash masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar, qolaversa, mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, aholini COVID-19 kasalligiga qarshi emlash bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish choralari ko‘rilmoqda. Shu maqsadda “Yuksalish” umummilliy harakati, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, YUNICYeF va Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining mamlakatimizdagi vakolatxonalari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda viloyatda koronavirusga qarshi emlash jarayonlari, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar xususida atroflicha so‘z yuritildi.

Tadbirda mamlakatimizda epidemiologik vaziyat tobora kuchayib borayotganligi sababli aholini ommaviy emlash, kasallikni bartaraf etishning eng samarali yo‘li ekanligi, bu borada ortiqcha vahima va qo‘rquvga berilmaslik lozimligi ta’kidlandi.

– Viloyatimizda shu kunga qadar 656 ming doza AstraZeneca, 938 ming 200 doza O‘zbekiston-Xitoy, 23 ming 700 doza “Sputnik”, 215 ming 40 doza “Moderna”, jami 1 million 242 ming 440 doza COVIDga qarshi vaksinalar olib kelingan, – deydi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Andijon viloyati xududiy boshqarmasi profilaktika bo‘limi boshlig‘i Asqarbek Yulbarsov. – Hozirgacha viloyatda 604 ming 370 nafar fuqaro bir necha bosqichda kasallikka qarshi vaksina bilan emlandi.

Vaksina olingandan keyin fuqarolarning salomatligida jiddiy salbiy holatlar yuzaga kelganligi bo‘yicha murojaatlar qayd etilgani yo‘q.

Ayni kunlarda viloyatda emlash ishlari jadal olib borilmoqda. 274 ta emlash punkti tashkil etilgan. Bundan tashqari, harakatdagi brigadalar ham faoliyat yuritmoqda.

Viloyat bo‘yicha 850 nafar o‘rta tibbiyot xodimi, 50 nafar shifokor JSST, YUNISEF dasturlari bo‘yicha o‘qitilib, ularga tegishli sertifikatlar berildi. Ana shu mutaxassislar emlash ishlariga jalb etilgan.

[gallery-3308]

Viloyatdagi barcha emlash punktlari, harakatdagi brigadalar vaksinalarni xavfsiz tashish uchun maxsus avtomashina, sovutkichli qutilar, zarur vosita va jihozlar, shuningdek, emlashdan keyin kelib chikishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarda foydalanish uchun zarur bo‘ladigan dori-darmonlar bilan to‘la ta’minlangan.

Muloqotda kasallikka qarshi kurashning eng samarali usuli bu emlanish ekanligi, bu borada aholi o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish, umuman, emlash jarayonini samarali va xavfsiz o‘tkazish yuzasidan taklif, fikr va mulohazar bildirildi.

Keng jamoatchilik vakillari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldi.

 

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA