Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
COVID-19 pandemiyasi yakunlanmoqda?..
09:52 / 2022-10-28

Koronavirus pandemiya nihoyasiga yetayotganga o‘xshaydi, kasallikning qandaydir to‘lqinlari hali bo‘lishi mumkin, biroq tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, har yangi to‘lqin avvalgilaridan kuchsiz kechmoqda, deya ta’kidladi RIA Novostiga rossiyalik yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Vladimir Nikiforov.

"O‘ylashimcha, pandemiya nihoyasiga yetmoqda, ehtimol hali qisqa to‘lqinlar bo‘lishi mumkin, lekin barchasi barham topmoqda, har bir navbatdagi to‘lqin og‘ir kechishi va yuqishi bo‘yicha ham avvalgilariga qaraganda kuchsiz  kechmoqda", – dedi Nikiforov.  

Uning ta’kidlashicha koronavirus haqida prognoz qilish juda mushkul, qolaversa, “omikron”ning yangi “serber” varianti o‘zini qanday namoyon qilishi ham hali noma’lum. Taxmin qilinishicha, ushbu variant og‘ir kechmaydi va qandaydir falokatlarga sabab bo‘lmaydi, deya aniqlik kiritdi mutaxassis.