English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“COVID-19”ning bolalar bilim olishiga taʼsiri
17:20 / 2020-10-22

Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti tomonidan qator xalqaro tashkilotlar va taʼlim ekspertlari ishtirokida onlayn vebinar va davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.

Taʼlim

Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti tomonidan qator xalqaro tashkilotlar va taʼlim ekspertlari ishtirokida onlayn vebinar va davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.

Vebinarlarda aynan “COVID-19” pandemiyasi sharoitida maktablarda oʻquv jarayonini qayta tiklash va sifatli tashkil etish, maktab oʻquv dasturini ixchamlashtirish boʻyicha xalqaro tajribalar oʻrganilayapti.

Bu galgi onlayn suhbat “Inson kapitali indeksi-2020: “COVID-19” ning bolalarimizning bilim olishiga taʼsiri” mavzusida oʻtkazildi.

Bu haqda institut matbuot xizmati maʼlum qiladi.

Mazkur vebinar Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri maslahatchisi, amerikalik xalqaro taʼlim eksperti Jon Tulli, WORLD BANK tashkiloti taʼlim mutaxassislari ishtirokida olib borildi.

Inson kapitali indeksi bolaning kelajakda qay darajada samarali, toʻgʻri shakllangan kadr boʻlishini belgilaydi. Indeks qiymati 0 dan 1 gacha intervalda boʻlib, qiymat 1 ga yaqinlashishi bugungi bolalarning kelajakda qay darajada yetuk inson boʻlib shakllanishini koʻrsatadi.

Vebinarda jahon bankining taʼlim sohasidagi loyihalari borasida maʼlumotlar ham berildi.

Shuningdek, taʼlim byudjetining samaradorligini oshirish va uni himoya qilish borasida oʻqituvchilik kasbini ijtimoiy qadrli martaba sifatida qayta shakllantirish uchun ishga qabul qilish tizimini joriy etish va oʻqituvchilarni tayyorlashni kuchaytirish, maktab rahbarlari uchun yetakchilik dasturlariga sarmoya sarflash va bunday dasturlar koʻlamini kengaytirish, taʼlim tizimida muvofiqlik va izchillikni yoʻlga qoʻyish, oʻqishdagi yoʻqotishlarni kuzatib borish va tuzatuvchi taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, oʻqitish va oʻrganishda raqamli malakani shakllantirish masalalari boʻyicha fikrlar bildirildi.

Eslatib oʻtamiz: joriy yilning sentyabr oyida Jahon banki tomonidan dunyo mamlakatlarining 2020-yil uchun Inson kapitali indeksida 174 mamlakat ishtirok etdi. Mazkur reytingda ilk marotaba Oʻzbekiston ham sogʻliqni saqlash va taʼlim sohasiga oid maʼlumotlari bilan oʻrin olgan.