Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
COVID-19 boʻyicha mintaqalararo forum oʻtkaziladi
07:12 / 2020-08-14

“Bioxavfsizlik va biohimoya chaqiriqlari: COVID-19 tufayli sodir boʻlgan inqirozdan olingan saboqlar” anjumanini oʻtkazish ham rejalashtirilgan.


Yevropa Ittifoqining kimyoviy, biologik, radiologik va ilgʻor tajriba yadro markazlari boʻyicha tashabbusi doirasida Yevropa milliy hamjamiyatining “Milliy qonunchilik bazasini mustahkamlash hamda Markaziy Osiyoda biologik himoya va biologik xavfsizlik boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish” loyihasi doirasida mobil laboratoriyalarni yetkazib berish va mutaxassislar uchun tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazish yuzasidan navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Yevropa Ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Markaziy Osiyoda kimyoviy, biologik, radiologik va yadro materiallari bilan bogʻliq xavflarni minimallashtirish boʻyicha malaka oshirish markazining mintaqaviy kotibiyati, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti vakillari, kasalliklar va jamoatchilik salomatligini nazorat qilish sohasidagi Markaziy Osiyo, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Yevropadagi xorijlik shifokorlar, mutaxassislar ishtirok etdi.

Loyiha doirasida koʻzda tutilgan tadbirlarning muhokamasida qayd etilganidek, tibbiyot va huquqni himoya qilish organlari xodimlari uchun bioxavfsizlik va xavfsizlik, COVID-19 diagnostikasi boʻyicha oʻquv tadbirlarini oʻtkazish rejalashtirilgan. COVID-19 ga qarshi texnik masalalar yuzasidan maslahatlar boʻyicha mintaqaviy forum tashkil etiladi.

Kimyoviy, biologik, radiologik va ilgʻor tajriba yadro markazlari boʻyicha Yevropa Ittifoqi tashabbusi bilan Markaziy Osiyo va Kavkaz bioxavfsizligi uyushmasi hamkorligida “Bioxavfsizlik va biohimoya chaqiriqlari: COVID-19 tufayli sodir boʻlgan inqirozdan olingan saboqlar” anjumanini oʻtkazish ham rejalashtirilgan.