Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasining O‘zbekiston paxtasiga boykotni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorini olqishlaymiz
12 yildan ortiq amal qilgan boykot mamlakatimizda 2021 yilgi paxta terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmagani munosabati bilan bekor qilindi.
Bundan ilgariroq Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekiston paxtachiligida tizimli bolalar mehnati va majburiy mehnatga chek qo‘yilganini e’tirof etdi.
Bularning barchasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan inson qadrini ulug‘lash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bundan buyon ham qat’iy davom ettirilishi va ular ortga qaytmasligidan dalolatdir.