“Coca-Cola” Ichimligi Uzbekiston, Ltd.” xorijiy korxonasi bosh direktori Ezel Agaoglu boshchiligidagi delegatsiya amaliy taklif bilan Namangan viloyatiga keldi.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Namanganda “Coca-Cola” ichimligi ishlab chiqarilishi orqali yaratilgan ish o‘rinlari, korxonaning sifat uchun ishlashi, kelgusida faoliyat ko‘lamini kengaytirish rejalari haqida gapirdi. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish, xususan, turizm imkoniyatlari kengayib borayotgani, ayniqsa, gullar shahri – Namanganda har yili an’naviy tarzda xalqaro gullar festivali o‘tkazilishining o‘zida ushbu mahsulotga bo‘lgan talabning ortib borayotganini ta’kidladi.
Namangan shahrida bir necha yillardan buyon jahonga mashhur “Coca-Cola” ichimligi ishlab chiqariladi. Ammo keyingi paytlarda viloyatda ushbu mahsulotni ishlab chiqarishda bir muncha pasayishlar kuzatilgan edi. bugungi kunda ushbu kompaniya rahbariyati 30-40 yillik istiqbolni hisobga olgan holda rivojlanish dasturini tuzgan.
[gallery-4975]
– Biz hamkorlikni kengaytirish uchun aynan Namangan viloyatini tanlaganmiz, – deydi uchrashuvda “Coca-Cola” Ichimligi Uzbekiston, Ltd.” xorijiy korxonasi rahbari Ezel Agaoglu. – Buning o‘ziga xos sabablari bor. Keyingi yillarda tadbirkorlik va servis kabi sohalar rivojlanayotgan, aholi soni keskin o‘sayotgan Namangandagi faoliyatimiz brendimiz uchun ishonchli bozor va taraqqiyot garovi hisoblanadi.
Delegatsiya a’zolari tashrif davomida Namangandagi bir qator kichik sanoat zonalari, erkin iqtisodiy sanoat zonalari faoliyati bilan tanishadi. Kompaniyaning yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini o‘rnatish uchun istiqbolli rejalar atroflicha muhokama qilinadi.
Oqilxon Dadaboyev,
Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA