French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«COCA-COLA BOTTLERS UZBEKISTAN, LTD» MCHJning ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish to‘g‘risida axborot
13:10 / 2020-11-25

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 iyuldagi farmoyishi shuningdek, davlatimiz rahbarining 2020 yil 27 oktyabrdagi Farmoniga muvofiq, «Coca-Cola Bottlers Uzbekistan, Ltd» MCHJ (keyingi o‘rinlarda “Kompaniya” yoki “CCBU”) ustav kapitalidagi davlat ulushini (57,118% miqdorida) sotishni tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

CCBUdagi davlat ulushini sotish jarayoni (keyingi o‘rinlarda “Bitim” deb yuritiladi) umume’tirof etilgan, mamlakatimiz qonunchiligiga zid bo‘lmagan, xalqaro amaliyotga muvofiq barcha manfaatdor xaridorlar uchun oshkoralik tamoyillari asosida tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko‘rsatilgan farmoyishiga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Adliya vazirligining rahbar tarkibi vakillaridan iborat ishchi guruh tuzildi. Shuningdek, tanlov asosida – Rothschild & Co investitsiya banki (moliyaviy maslahatchi), Dentons yuridik firmasi (yuridik maslahatchi), shuningdek KPMG (moliyaviy va soliq hisobotlarini tuzish, shuningdek kompaniyaning ustav kapitalidagi davlat ulushini baholash) kabi yetakchi xalqaro maslahatchilar jalb qilindi.

Tayyorgarlik bosqichida ishchi guruh, maslahatchilar, Kompaniya, shuningdek, CCBU ishtirokchilari bo‘lgan Agentlik va The Coca-Cola Export Corporation (keyingi o‘rinlarda “TCCEC”) tomonidan hamkorlikda mo‘ljallanayotgan Bitim uchun huquqiy platformani ishlab chiqish, marketing materiallari va hujjatlarni tayyorlash, shuningdek, rejalashtirilgan Bitimda ishtirok etishga qiziqish bildirgan investorlar bilan dastlabki muloqotni olib borish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

Bitim ishga tushirilganda Agentlik veb-saytida belgilangan mezonlarga javob beradigan barcha manfaatdor tomonlarni ishtirok etishga taklif qiluvchi axborot xabari e’lon qilinadi. Ushbu xabarda Bitim to‘g‘risidagi ma’lumotlar, Kompaniyaning qisqacha tavsifi, jarayonning asosiy bosqichlari, shuningdek jarayon ishtirokchilariga o‘rnatilgan mezonlar keltiriladi. Mezonlar qatoriga tegishli operatsion faoliyat tajribasiga va Bitimni amalga oshirish uchun yetarli moliyaviy va boshqaruv resurslariga ega bo‘lish, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida uzoq muddatli investor sifatida qatnashish istagi va tayyorlik, shuningdek, TCCECning biznesini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va marketingga investitsiyalar kiritish bo‘yicha strategik rejalariga muvofiqlik kiradi. Mezonlarning to‘liq ro‘yxati Bitim ishga tushirilganda e’lon qilinadi.

Tanlov mezonlariga javob beradigan jarayon ishtirokchilariga maxfiylik to‘g‘risidagi shartnomani imzolaganidan so‘ng Kompaniya to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar, shuningdek, xalqaro amaliyotga muvofiq Kompaniya faoliyatining turli jihatlarini tahlil qilish imkoniyati beriladi. G‘olib davlat mulkini sotishda Tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan narx taklifi, shuningdek ulushni oldi-sotdi shartnomasi shartlari asosida aniqlanadi.