Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
CNN telekanali dasturida Islom sivilizatsiyasi markazi haqida hikoya qilmoqda
09:47 / 2025-12-30

Xalqaro CNN telekanali O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga bag‘ishlangan yarim soatlik hujjatli filmni namoyish etdi. Unda jahon ahamiyatiga ega eng nodir madaniy meros buyumlari aks ettirilgan bo‘lib, O‘zbekistonni islom olamining eng muhim tarixiy markazlardan biri sifatida ochib beradi.

Ta’kidlash joizki, mazkur film CNN tashabbusi bilan yaratilgan bo‘lib, mashhur xalqaro telekanalning mualliflik loyihasi hisoblanadi. Yangi yil dasturlari davomida film besh marta namoyish etildi. Bu esa Islom sivilizatsiyasi markazi mavzusiga hamda O‘zbekistonning madaniy merosiga xalqaro tahririyat va auditoriya tomonidan katta qiziqish va e’tibor qaratilganidan dalolat beradi.

Hujjatli film namoyishidan oldin eksklyuziv videorolik taqdim etildi. Unda Islom sivilizatsiyasi markazining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga oid mualliflik konsepsiyasi yoritilgan. Videomaterialda xalqaro siyosatchilar va jamoat arboblari loyihani yuksak baholab, uni ma’rifat, muloqot va gumanistik qadriyatlarga yo‘naltirilgan zamonaviy madaniy-sivilizatsiyaviy makon sifatida e’tirof etdilar.

Videorolikda Islom sivilizatsiyasi markazining noyob lavhalari, jumladan, afsonaviy Usmon mushafi, Muqaddas Ka’baning kalitlari, Amir Temur bisotida saqlangan Qur’ondan bir parcha, shuningdek, islom va jahon madaniy merosining xazinasini tashkil etuvchi boshqa butun dunyo ahamiyatidagi artefaktlar namoyish etilgan. Ushbu material Euronews telekanali efir dasturida ham taqdim etilgan.