CNN: Tayvandagi kuchli qurg‘oqchiliklarning oqibati jahondagi texnika ishlab chiqarilishiga salbiy ta’sirini ko‘rsatadi
Dunyodagi yarimo‘tkazgichlarning deyarli yarmini ishlab chiqaruvchi Tayvandagi kuchli qurg‘oqchilik mazkur sohaga jiddiy salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin, bu esa, jahondagi texnika ishlab chiqarilishida aks etadi, deb xabar beradi “CNN”.
Iqlim o‘zgarishlari tufayli yuzaga keluvchi bunday anomal issiqlik keyingi ellik yil davomida eng kuchlisi bo‘lgani aytilmoqda. Tayvan bir necha oy davomida mazkur vaziyatni o‘ziga xos tarzda bartaraf etishga urinmoqda. “Koronavirusning tarqalishi muammoni yanada chuqurlashtirmoqda”, deyiladi xabarda.