CNN: AQSH yaqin kunlarda Ukrainaga yana harbiy yordam ajratishni e’lon qilishi mumkin
Kelasi hafta e’lon qilinishi kutilayotgan navbatdagi harbiy yordam tarkibiga reaktiv yalpi o‘t ochish tizimlari ham kiritilishi mumkin, deb xabar tarqatdi CNN telekanali.
Ukraina hukumati Donbassda kechayotgan janglarda ularga ko‘proq reaktiv yalpi o‘t ochish tizimlari kerak bo‘layotganini aytishmoqda. Bunday qurollarni G‘arb davlatlari ularga hali berganicha yo‘q, deyiladi xabarda.
"Ma’muriyat kelasi hafta ushbu tizimlarni Ukrainaga yetkazib berish haqida e’lon qilishi mumkin", — deyiladi xabarda.
Telekanal bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ukrainaliklarni qiziqtirayotgan mazkur reaktiv o‘t ochish tizimlari 300 kilometrgacha o‘q otishi mumkin.