Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
CNN: AQSH va Ukraina o‘rtasida rejaning asosiy bandlari bo‘yicha kelishmovchilik bor
21:50 / 2025-11-26

Vashington va Kiyev o‘rtasida AQSH tomonidan taklif qilingan tinchlik rejasining kamida uch asosiy bandi, jumladan Donbass kelajagi, Qurolli kuchlar sonini cheklash va NATOga a’zolik bo‘yicha jiddiy kelishmovchilik saqlanib qolmoqda, deb yozdi CNN.

Kiyev rasmiysi telekanalga bergan intervyusida o‘tgan hafta e’lon qilingan 28 banddan iborat takliflarning aksariyati bo‘yicha “kelishuvga erishilgani"ga qo‘shilgan. Shu bilan birga jiddiy kelishmovchilik saqlanib qolgan kamida uch muhim masala borligini ham ta’kidlagan.

Ta’kidlanishicha, Donbassda Ukraina nazoratidagi hudud masalasida “muayyan natija"ga erishilgan, ammo so‘z va mazmun borasida hali yakuniy qarorga kelinmagan.

Qolaversa, ayni payt armiyaning dastlab taklif qilingan 600 000 kishiga qisqartirilishi mavzusi muhokama qilinmoqda.

Ukrainaning NATOga kirmasligi talabini Kiyev qabul qilmasligi aytilyapti.

Kreml esa Rossiya muloqot uchun ochiqligi, Ankorij muzokarasiga sodiq qolishini bildirgan.

S.Rahimov, O‘zA