Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chustda “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazildi
11:10 / 2022-08-20

Namangan viloyati Chust tumanida “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor-profilaktik tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tumanning Pilol, Qalai-poyon va Yangichak mahallari hududida tashkil etilgan maxsus tezkor-profilaktik tadbirga Namangan viloyat IIB TTB vakillari, 112 nafar ichki ishlar organlari xodimlari va 72 nafar jamoatchilik vakili jalb qilindi.

Tadbirni samarali o‘tkazish maqsadida jami 27 ta guruh tuzildi. Ishtirokchilar tomonidan 2516 ta ob’ekt, xususan, 2445 ta hovlili xonadon, 9 ta ta’lim muassasasi, 62 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ekti o‘rganildi.

Tadbir davomida profilaktika inspektorlari tomonidan jami 153 nafar fuqaroga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli moddalar bilan jami 153 ta huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

[gallery-8421]

Tuman IIBda profilaktik hisobda turgan hamda hududda bemaqsad yurgan, fuqarolar osoyishtaligiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan 64 nafar shaxs ichki ishlar organlari va tayanch punktlariga olib kelinib, ular bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

11 nafar fuqaro o‘tkir tig‘li pichoqlarni jamoat joylarida, g‘ilofsiz ochiq holatda ishlatayotganligi aniqlanib, ushbu ish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi.

Hududda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mahallalarga va aholi gavjum joylarga 9 ta video-kuzatuv kamerasi o‘rnatildi. Shuningdek, xavfsizlik masalalarida mahallalarda, korxona, tashkilot va ta’lim muassasalarida aholi bilan uchrashuvlar va ommaviy axborot vositalarida chiqishlar tashkil etildi.

Qonunga xilof ravishda diniy ta’limdan saboq berib kelayotgan xonadon aniqlanib, xonadon egalariga tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Hotam MAMADALIEV(surat), O‘zA