Chustda mahalla uchun yangi bino qurildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chust tumanida “Yangi bog‘ishamol” mahalla fuqarolar yig‘ini uchun yangi ma’muriy bino foydalanishga topshirildi.
Qisqa muddatda barpo etilgan mazkur inshootda fuqarolarni qabul qilish va mahalla xodimlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Ochilish marosimida viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etib, mahallalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash aholiga yaqin va sifatli xizmat ko‘rsatishda muhim omil ekanini ta’kidladi.
[gallery-27665]
Tadbir davomida mahalla faollari bilan muloqot o‘tkazildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA